Mamlakatimizda bo‘ladigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari sayloviga tayyorgarlik qizg‘in davom etmoqda. Bugun, 16 oktyabrdan eʼtiboran, saylov uchastkalarida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni start oldi.
Qonunga muvofiq, saylov kunida o‘z yashash joyida bo‘la olmaydigan saylovchilar muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega. Bu jarayon saylovga 10 kun qolganida boshlanib, 3 kun qolganda tugaydi. Muddatidan oldin ovoz berish uchun saylovchilar tegishli uchastka saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat qilishi lozim.
Shuningdek, O‘zbekistonning chet eldagi diplomatik vakolatxonalari huzuridagi saylov uchastkalarida ham mahalliy vaqt bilan 9:00 dan 18:00 gacha muddatidan oldin ovoz berish mumkin.
❗️ Eslatib o‘tamiz, muddatidan oldin ovoz berish 2024-yil 23-oktyabr kuni yakunlanadi.
#Saylov2024