Fizika bo‘yicha 2025 yilgi Nobel mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi

 

Shvetsiya Qirollik Fanlar akademiyasi 2025 yilgi fizika bo‘yicha Nobel mukofotini Jon Klark, Mishel Devoret va Jon Martinisga topshirdi. Ular makroskopik kvant-mexanik tunnel effektini hosil qilgani hamda elektr zanjirlarida energiyaning kvantlanishini kashf etgani uchun mazkur nufuzli mukofotga loyiq deb topildi.

Akademiya ma’lumotiga ko‘ra, 1984–1985 yillarda olimlar elektr qarshiliksiz tok o‘tkazuvchi o‘ta o‘tkazgichlardan tayyorlangan elektron zanjirlar ustida qator tajribalar o‘tkazgan. Ularning tadqiqotlari natijasida kvant hodisalarning makroskopik darajada kuzatilishi isbotlangan.

Mutaxassislarning fikricha, bu kashfiyot kvant texnologiyalarining yangi avlodini yaratish, jumladan, kvant kompyuterlari, kvant sensorlari va kvant kriptografiyasini rivojlantirish uchun muhim asos bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish