Ilk marta ” O‘zbek” so‘zi ishlatilgan Qurʼon qo‘lyozmasi

Turkiyaning Sulaymoniya kutubxonasidan topilgan qurʼon qo‘lyozmasini ayni paytda restavratsiya qilish ishlari olib borilmoqda.


Ushbu Qurʼon 1318-yilda Oltin O‘rda xoni — O‘zbekxonga atab, oltin varaqqa ko‘chirilgan va bu Mo‘g‘ullar davridan keyin saqlab qolingan asosiy Qurʼon musʼhafi hisoblanadi.


Qo‘lyozma usmoniylar hukmdori Fotih Sulton Mehmet tomonidan 1475-yilgi Qrim yurishidan o‘lja sifatida Istanbulga olib kelingan. Maʼlum qilinishicha, ushbu qo‘lyozma Islom madaniyati va taʼlimida alohida ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, u diniy matnlarni saqlash va musulmon davralar o‘rtasida savodxonlikni oshirishda xizmat qilgan, deb taʼkidlaydi Turkiyalik professor Emek Ushenmez.
Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish