"Inson faxri" milliy mukofoti o'z egalariga topshirildi

Bugun Xalqaro forumlar saroyida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan tashkil etilgan “INSON FAXRI” milliy mukofoti tantanali ravishda topshirildi. Marosimda Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva ishtirok etdi.

Mukofotning asosiy maqsadi – jamiyatda insoniy qadriyatlarni ulug‘lash, turli sohalarda namunali faoliyat ko‘rsatib, boshqalarga o‘rnak bo‘layotgan shaxslarni davlat tomonidan rag‘batlantirishdir.

Tanlov doirasida yil davomida mamlakat bo‘ylab insonparvarlik, jasorat, fidoyilik va ezgulikni namoyon qilgan yuzlab hikoyalar to‘plandi. Ular orasidan o‘z faoliyati bilan atrofdagilarga ilhom berayotgan va jamiyatning murakkab muammolarini hal qilishga hissa qo‘shayotgan fidoyi insonlar saralab olindi.

Marosim davomida tanlangan insonlar o‘z jasorati va mehnati uchun “INSON FAXRI” mukofoti bilan taqdirlandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish