Jaloliddin Manguberdiga tegishli Yada toshi Buyuk Britaniya muzeyida saqlanishi maʼlum bo‘ldi

13.12.2024 10:00
114

Jaloliddin Manguberdiga tegishli Yada toshi bugungi kunda Britaniya muzeyida saqlanmoqda. Ushbu tosh o‘ymakorlik va gravyurali ishlanish texnikasida tayyorlangan bo‘lib, islom madaniyatiga oiddir.

Uning o‘lchamlari quyidagicha keltirilgan:
🟦balandligi - 29 sm
🟦kengligi - 50 sm
🟦qalinligi - 32 sm
🟦og‘irligi - 42,5 kg

Tosh Eron hududidan topilgan va aksiyada sotib olingan. U muzeyda №1990.06.12.1 raqami bilan qayd qilingan bo‘lib, milodiy 1230/1231 yilda ishlangani keltirilgan.

Eksponatga “mazkur tosh Jaloliddin Xorazmshoh umrining oxirgi yillaridagi sharqiy Turkiya, shimoli-g‘arbiy Eron va Ozarbayjondagi harbiy yurishlaridan xabar beradi”, degan taʼrif berilgan.

Batafsil filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Anvar Matniyazov maqolasida o‘qishingiz mumkin.

👉 Maqola

Islom sivilizatsiyasi markazi Axborot xizmati 

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish