Jinoyatchilikning oldini olish va mahalla xavfsizligini ta'minlash – muhim bosqichda

Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida jinoyatchilikni jilovlash, xavfsizlikni mustahkamlash va mahalla tizimining real ishlashini ta'minlash bo‘yicha jiddiy o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Bu safar Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Q. Burxanov hamda viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B. Inoqov joylarga chiqib, ahvolni bevosita o‘rgandilar.

“Oriyat” va “Duoba” mahallalaridagi “mahalla yettiligi” faoliyati, xonadonbay/fuqarobay usulidagi yondashuvlar, kuzatuv kameralarining o‘rnatilishi kabi choralar jinoyatchilikni kamaytirishga qaratilgan amaliy ishlarning boshlanishi sifatida baholanishi mumkin.

Shu bilan birga, tibbiyot tizimining holati, qabul jarayonlari va xizmatlarning raqamlashtirilgan shaklda yuritilishi ham o‘rganildi. Bu esa aholining real ehtiyojlarini aniqlash va davlat xizmatlarining sifatini oshirishga qaratilgan muhim qadamlardan biridir.

Markaziy dehqon bozoridagi sanitariya holati, narx-navo barqarorligi va infratuzilma masalalariga e'tibor qaratilgani esa iqtisodiy xavfsizlik va aholining ijtimoiy farovonligini ta’minlashda muhim jihat bo‘lib xizmat qiladi.

Eng muhimi – bu o‘rganishlar nafaqat joylardagi vaziyatni yaxshilash, balki Prezident rahbarligida o‘tkazilgan korrupsiyaga qarshi yig‘ilishdagi topshiriqlar ijrosini nazorat qilish bilan bog‘liq bo‘ldi.

Bu kabi mahalla darajasidagi monitoringlar – nazorat emas, balki hamkorlik va ishonch asosidagi yondashuv orqali amalga oshirilsa, u holda real natijalar kutish mumkin. Muhimi, faqat topshiriqlar bilan cheklanib qolmasdan, ularning izchil ijrosini ta'minlash va doimiy monitoring mexanizmini yaratish lozim.

📣 Sizningcha, mahallalarda xavfsizlikni ta'minlashda eng samarali choralar nimalardan iborat bo‘lishi kerak? Fikrlaringizni izohlarda kutamiz!




Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish