Korrupsiyaga oid jinoyatlar sonining 12 foizga kamaydi

Oliy Majlis Senati Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining majlisida mamlakatimizda korrupsiyaga oid jinoyatlar sonining 12 foizga kamaygani e'lon qilindi.

So'nggi davr mobaynida korrupsiyaga qarshi kurashishga oid 10 ta yangi qonun qabul qilindi, jumladan, 2024-yil 6-dekabrdan kuchga kirgan "Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi Qonun ham qabul qilingani ta'kidlandi.

Ta'lim va sog'liqni saqlash sohalarida hanuz korrupsiyaviy xatti-harakatlar saqlanib qolayotganligi tanqid ostiga olindi.

Shuningdek, 2023-2024-yillarga mo‘ljallangan Korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturining ijro holati va aholi hamda davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari ko'rib chiqildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish