Mr Beast o‘zbek tilini biladigan koordinator izlamoqda!

Dunyoga mashhur YouTube yulduzi Mr Beast (Jimmy Donaldson) o‘zbek tilini biladigan koordinator izlamoqda. Bu haqida LinkedIn platformasida e’lon berildi.

 Mr Beast YouTube’da o‘zining katta mukofotli chaqiriqlari, g‘ayrioddiy tajribalari va saxovatli xayriyalari bilan tanilgan. Uning asosiy kanali 390 milliondan ortiq obunachiga ega bo‘lib, YouTube’dagi eng ko‘p obunachiga ega kanal hisoblanadi.

Uning rasmiy LinkedIn sahifasida e’lon qilingan ushbu vakansiya "Language Coordinator – Uzbek" lavozimiga mo‘ljallangan bo‘lib, bu MrBeast’ning o‘zbek auditoriyasiga alohida e’tibor qaratayotganidan dalolat beradi

Lightbox Image


“Videobloger Mr Beast o‘zbek tili koordinatorini ishga oladi, rus tilini emas, boshqa turkiy tillarni biladigan emas. Dyuk universitetida postsovet mamlakatlari tillari qatorida o‘zbek tili ham o‘qitilmoqda.


Raqamli mahsulotlarning O‘zbekiston bozorida ahvol qanday? Zamonaviy dunyoda ikkita mashhur bilim maskaniga nima talab qilmoqda?”, deb yozadi LinkedIn foydalanuvchilaridan biri.

Ushbu lavozimda ishlovchi mutaxassis quyidagi vazifalarni bajaradi:

- MrBeast videolari uchun o‘zbek tilida subtitr va dubbing ssenariylarini yaratish, ularning madaniy va lingvistik mosligini ta’minlash;
- Studiyalar tomonidan tayyorlangan ssenariylar, ovozli yozuvlar va aralashtirilgan audio treklarning sifat nazoratini amalga oshirish. Hududiy auditoriyalar uchun moslashtirilgan metadata yaratish;
- Bir nechta loyihalarni bir vaqtning o‘zida boshqarish va studiyalarga 24 soat ichida sifat nazorati bo‘yicha fikr-mulohazalarni yetkazish;
- Studiyalar bilan bevosita muloqot qilish va barcha lokalizatsiya jarayonlarini hujjatlashtirish.

Talablar

O‘zbek tili ona tili bo'lishi lozim, ingliz tilini C1 darajasida bilish;
s
ubtitrlash, dubbing tarjimalari yoki lokalizatsiya jarayonlarida 1-3 yillik tajriba;
o
‘zbek tili va madaniyatiga chuqur qiziqish, shu jumladan, sleng, madaniy ishoralar va sezgirliklar bo‘yicha ekspertlik;
t
ashkiliy va moslashuvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lish, tezkor muhitda ishlashga tayyorlik;
a
’lo darajadagi og‘zaki va yozma muloqot ko‘nikmalari; diqqat va tafsilotlarga e’tibor;
e
mpatik va faol jamoa yetakchisi bo‘lish.


📩 Ariza topshirish  


 

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish