O‘zbekiston global ta’lim konvensiyasiga qo‘shildi

O‘zbekiston “Oliy ta’lim sohasida malakalarni tan olish to‘g‘risidagi global konvensiya”ni ratifikatsiya qildi. Endilikda, unga a’zo davlatlarda berilgan diplomlar adolatli tarzda tan olinadi.

 

Tan olish milliy qonunchilik asosida amalga oshiriladi va ta’lim standartlari o‘rtasida keskin farq bo‘lsa, rad etilishi mumkin.

 

Hozirda 38 ta davlat Konvensiya a’zosi, O‘zbekiston esa Markaziy Osiyoda ilk qo‘shilgan davlat.

 

Konvensiya faqat a’zo davlatlar o‘rtasidagi diplomlarni tan olish mexanizmlariga qo‘llaniladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish