O‘zbekistonga qarindoshlarini yo‘qlash maqsadida kelayotgan xorijiy sayyohlar soni ortmoqda

 

Yurtimiz qadimdan Buyuk ipak yo‘lining markazida joylashgan bo‘lib, bugungi kunda ham dunyo sayyohlari e’tiborini o‘ziga tortishda davom etmoqda. Turistlar O‘zbekistonga nafaqat sayohat yoki xizmat safarlari, balki o‘qish, davolanish hamda qarindoshlarini yo‘qlash maqsadida ham tashrif buyurmoqda.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–avgust oylarida 5,2 million nafar xorijiy fuqaro aynan qarindoshlarini yo‘qlash uchun mamlakatimizga kelgan. Bu raqam o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,2 million nafarga yoki 28,9 foizga ko‘pdir.

Ushbu davrda O‘zbekistonga eng ko‘p tashrif buyurgan TOP-15 davlat fuqarolari ro‘yxati ham e’lon qilindi. Ulardan Qirg‘iziston (1,8 million), Qozog‘iston (1,5 million), Tojikiston (1,4 million) va Rossiya (353,7 ming) yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, Turkiya (30 ming), Turkmaniston (15,8 ming), Xitoy (4,4 ming) hamda Ozarbayjon (4,1 ming) fuqarolari ham O‘zbekistonga qarindoshlarini yo‘qlab kelganlar orasida.

Bundan tashqari, Ukraina, Belarus, Koreya, Germaniya, Isroil, AQSH, Buyuk Britaniya kabi mamlakatlardan ham yurtimizga tashrif buyurayotgan fuqarolar soni ortib bormoqda.

O‘zbekistonning ochiq, xavfsiz va mehmondo‘st turizm siyosati xorijiy mehmonlar oqimini yanada oshirib, xalqaro aloqalar mustahkamlanishiga xizmat qilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish