O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining xalqaro maydondagi nufuzi yanada ortib bormoqda. Ilk bor yurtimiz vakillari FIFA qo‘mitasiga a’zo etib saylandi.
Ravshan Irmatov – FIFAning Futbolda texnologiyalar, innovatsiyalar va raqamli rivojlanish qo‘mitasi rais o‘rinbosari (2025–2029).
Avaz Maksumov – FIFA Sohil futboli qo‘mitasi a’zosi.
Yuliya Panina – Ayollar milliy terma jamoalari o‘rtasidagi musobaqalar qo‘mitasi a’zosi.
O‘zbekistonda 2024 yilda ilk bor FIFA futzal Jahon chempionati o‘tkazilgan bo‘lsa, 2027-yilda yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga ham mezbonlik qilishi kutilmoqda.