“Tashabbusli budjet”da qanday loyihalar g‘olib bo‘lmoqda?

Iqtisodiyot va moliya vazirligi maʼlumotiga ko'ra, “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2025-yilning 1-mavsumi uchun ovoz berish yakunlariga ko‘ra, 3,2 trillion so‘mlik 2 369 ta loyiha g‘olib deb topildi.

⏺ Jomboy tumani “Ko‘kgumbaz” MFYda joylashgan 16-umumta’lim maktabi mukammal ta’mirlanadi;

⏺ O‘zbekiston tumanidagi 16-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tubdan ta’mirlanib, yangi bino quriladi;

⏺ Pop tumani “Qandig‘on” MFYdagi 23-oilaviy poliklinika filiali kapital ta’mirlanadi;

⏺ Yakkabog‘ tumanidagi G‘urjob qishlog‘ining 3,5 kilometrga yaqin ichki yo‘llari asfaltlanadi;

⏺ Baxmal tumani Soylik qishlog‘idagi yaroqsiz simyog‘ochlar yangisiga almashtirilib, 3 ta transformator o‘rnatiladi

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish