Toshkentda Euronews telekanalining ofisi ochiladi

Yevropaning yirik axborot vositalaridan biri bo'lgan Euronews telekanali o'z faoliyatini kengaytirish doirasida Toshkent shahrida yangi ofis ochilishini e'lon qildi. Bu haqda kanalning rasmiy Linkedin sahifasida ma'lum qilindi. ​

Eslatib o'tamiz, yaqinda Samarqandda bo'lib o'tgan "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" sammiti oldidan O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Euronews telekanaliga intervyu berib, Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik istiqbollari haqida so'z yuritgan edi.

Euronews jamoasi bir qator bo'sh ish o'rinlarini e'lon qilib, jurnalistika va boshqa sohalardagi mutaxassislarni hamkorlikka taklif qilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish