Turkiya Milliy ta’lim vazirligi tarix fani o‘quv dasturiga tub o‘zgarishlar kiritdi. Yangi yondashuvga ko‘ra, «Markaziy Osiyo» atamasi «Turkiston» atamasi bilan almashtirildi.
Maqsad — turkiy birlik va vatanparvarlikni rivojlantirishdir. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu turkiy dunyo bo‘ylab aloqalarni mustahkamlash, jumladan, umumiy tarix, adabiyot, xarita va alifbo yaratishga qaratilgan kengroq strategiyaning bir qismidir.
Eslatib o‘tamiz, XIX asrning ikkinchi yarmigacha mintaqamiz "Turkiston" deb atalgan.