Yaponiyada tarixiy voqea: Sanae Takaishi mamlakatning ilk ayol Bosh vaziri etib saylandi

Yaponiyada ilk bor ayol kishi Bosh vazir lavozimiga tayinlandi. Sobiq ichki ishlar vaziri Sanae Takaishi hukmron Liberal-demokratik partiya (LDP) ichidagi saylovning ikkinchi bosqichida g‘alaba qozonib, mamlakat tarixida yangi sahifa ochdi.

“Kyodo News” axborot agentligi xabariga ko‘ra, 64 yoshli Takaishi LDP rahbarligiga saylanib, shu bilan birga hukumat boshlig‘i Sigeru Isiba o‘rnini egallaydi. Uning diplomatiya va xavfsizlik masalalaridagi qat’iy pozitsiyasi Xitoy va Janubiy Koreya bilan bo‘ladigan munosabatlarga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqida ham fikrlar bildirildi.

Partiya saylovining ikkinchi bosqichida 185 deputat Takaishini yoqladi. U o‘z raqibi, qishloq xo‘jaligi vaziri Sinziro Koizumini (156 ovoz) ortda qoldirdi. Dastlabki bosqichda besh nomzod orasida LDP deputatlari va Vazirlar Mahkamasi Bosh kotibi Yosimasa Xayasi ham da’vogarlar safida edi.

O‘ta konservativ qarashlari bilan tanilgan Takaishi saylovdan so‘ng “LDP yangi davrni belgilaydi”, deya bayonot berdi. U qariyb 70 yildan buyon mamlakat siyosatida yetakchilik qilib kelayotgan partiya “xalq tashvishini umidga aylantiradi” deb va’da qildi.

Bu voqea Yaponiya siyosiy hayotida ayollar yetakchilikka intilayotganining va jamiyatda gender tenglik yo‘lidagi muhim burilish sifatida baholanmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish