Faol nuroniylarni kambag‘al oilalarga biriktirish tartibi belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 27 dekabrdagi 892-son qarori bilan "Faol nuroniylarni kambag‘al oilalarga biriktirish hamda mahallada sog‘lom turmush tarzi va ijtimoiy-maʼnaviy muhitni shakllantirishga jalb etish tartibi to‘g‘risida"gi nizom tasdiqlandi.

Nizom faol nuroniylarni kambag‘al oilalarga biriktirish hamda mahallada sog‘lom turmush tarzi va ijtimoiy-maʼnaviy muhitni shakllantirishga jalb etish, shuningdek, kambag‘al oila farzandlariga taʼlim olishlari uchun o‘quv jihozlari va qurollari, sport kiyimlarini xarid qilish, keksa fuqarolarning sport tadbirlarida ishtirok etishi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish tartibini belgilaydi.

Tartibga ko‘ra:

- Tanlab olingan uch nafar faol nuroniyga yashab turgan joyi bo‘yicha 5 tadan kambag‘al oila olti oy muddatga biriktiriladi.

- Faol nuroniylar biriktirilgan oilalar bilan ishlashda "mahalla yettiligi" bilan hamkorlik qiladi.

- “Nuroniy” jamg‘armasi va tanlab olingan faol nuroniylar o‘rtasida fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar tuziladi.

- Faol nuroniylarga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizi miqdorida rag‘batlantiruvchi to‘lovlar bank plastik kartalariga o‘tkaziladi.

#Qonunchilikdagi_yangiliklar  #Jamiyat  #Maʼnaviyat

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish