Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi 2025-yil uchun davlat grantlari tanlovini e’lon qildi

Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi 2025-yil uchun davlat grantlari tanlovini e’lon qildi. Tanlovda nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ishtirok etishi mumkin. Davlat grantlari ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tanlov asosida beriladi.

Tanlov  yo‘nalishlari:

- Aholi bandligini ta’minlash
- Ijtimoiy himoya va sog‘liqni saqlash
- Atrof-muhitni muhofaza qilish va sanitar-gigiyenik holatni yaxshilash
- Ta’lim, madaniyat va sportni rivojlantirish
- Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish

👉 Tanlovga oid batafsil ma’lumotlar, jumladan, ariza topshirish tartibi bilan tanishish uchun: ngo.gov.uz 

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish