Mamlakatning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy rivojlanish sohalaridagi strategik tahlil va tadqiqot qilish faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-467-son 31.12.2024 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Tahliliy va tadqiqot tuzilmalar faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etildi.
Kengash davlat rahbariga mamlakat ichki va tashqi siyosati bo‘yicha takliflarni muntazam ravishda taqdim etib boradi.
Muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, umumiy muvofiqlashtirish hamda idoralararo hamkorlikni taʼminlash Prezidentning Maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi Sardor Umurzakov tomonidan amalga oshiriladi.
Muvofiqlashtiruvchi kengash tuzilmasida quyidagi yo‘nalishlarga masʼul bo‘lgan ishchi guruhlar tashkil qilinadi:
- xavfsizlik va ijtimoiy barqarorlik;
- davlat va jamiyat qurilishi;
- ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish;
- tashqi siyosat va xalqaro hamkorlik;
- hududlarni strategik rejalashtirish va rivojlantirish;
- ekologik kun tartibi, shu jumladan iqlim o‘zgarishi, suv taqchilligi masalalari.