O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 23-24-oktabr kunlari BRIKS birlashmasi davlatlarining sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Qozon shahrida bo‘ladi.
Davlatimiz rahbari Rossiya tomoni raisligida o‘tkaziladigan "BRIKS plyus" formatidagi yalpi sessiyada nutq so‘zlaydi.
#Mirziyoyev #BRIKS