O‘zbekistonda kemping uchun TOP 10 joy!

Tabiat bag‘rida dam olishni yoqtirasizmi? Quyidagi joylar aynan siz uchun! 

1️⃣ Chorvoq – Toshkent viloyatidagi eng mashhur dam olish maskani. Suv, tog‘ va quloch yoygan osmon – barchasi bir joyda!

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan. Chorvoq suv ombori sohilida camping uchun maxsus zonalar bor. Suv sporti, baliq ovlash, toqqa chiqish va yulduzli osmon ostida tunash mumkin. Yaqinida mehmonxonalar va qishloq turizmi maskanlari mavjud.

Qulay fasl: bahor – kuz oralig‘i.


2️⃣ Boysun tog‘lari (Surxondaryo) – tabiiy go‘zallik, gulzor bo‘stonlar va oromgohlarga boy hudud.

O‘zbekistonning eng betakror tog‘li hududlaridan biri. Yovvoyi tabiat, toza havo va oromgohlar mavjud. Bu yerda tabiat va madaniyat uyg‘unlashgan bo'lib har yili Boysun Bahori festivali o‘tkaziladi. 

Qulay fasl: bahor va yoz.

3️⃣ Aydarkul ko‘li (Navoiy) – cho‘ldagi marvarid! Qumli sohil va to‘liq tinchlik kafolati.

Katta cho‘l hududida joylashgan, suvi tiniq va ko‘li tinch. Qumli sohillar, qushlar kuzatuvi, va samimiy yovvoyi sharoit. Bu yerda siz chodirda yashab, cho‘l hayotini his qilish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Baliq ovlash va quyoshda toblanish uchun ideal joy.

Qulay fasl: yoz.

4️⃣ Chimyon tog‘lari – yozda salqin, qishda qorli. Camping uchun 4 faslda ham juda qulay.

Bo‘stonliq tumanida joylashgan mashhur tog‘ massividir tog‘ havosi, chinorzorlar va yaylovlardan iborat. Qishda chang‘i sporti, yozda esa camping va treking uchun qulay.

Qulay fasl: barcha fasllar.

5️⃣ Sarmishsoy darasi (Navoiy) – tarixiy petrogliflar, tog‘li tabiat va sokin muhit.

Minglab yillik tarixiy petrogliflar (qoyatosh suratlar)ga to'la tog‘lar bilan o‘ralgan tinch va jozibador makon. Ekspeditsiyalar, tarixiy sayohatlar va kemping uchun mos. Bu yerda ekologik lagerlar ham yetarlicha.

Qulay fasl: bahor va kuz.

6️⃣ Zomin milliy bog‘i (Jizzax) – ko‘plab turistlar tanlaydigan ekoturizm manzili.

Zomin milliy bog‘i O‘zbekistonning eng katta milliy bog‘laridan biri. Boy o‘simlik va hayvonot dunyosiga ega. Tabiiy oromgohlar, sayr yo‘llari, piknik zonalari barchasi shu yerda jamlangan.

Qulay fasl: yoz.

7️⃣ Amir Temur tog‘ darasi (Qashqadaryo) – sirli tarix va go‘zal manzaralar.

Tarixiy va afsonaviy maskan bo'lmish Amir Temur tog‘ darasi daryo bo‘ylab joylashgan tabiat manzaralari bilan lol qoldiradi. Tashrif buyuruvchilar uchun ekskursiyalar va yurish marshrutlari mavjud. Xullas, tarixni sevuvchilar uchun ajoyib tanlov.

Qulay fasl: bahor va yoz.

8️⃣ Hisor tog‘lari (Surxondaryo) – tog‘ yo‘llari, sharsharalar va tog‘ etagidagi lagerlar.

Hisor tog‘lari sharsharalar, toshli yo‘llar va chang‘alzorlar bilan boy. Ekstremal sport uchun ajoyib tanlov. Juda go‘zal tog‘ manzaralari bilan mashhur.

Qulay fasl: yoz.

9️⃣ Qamchiq tog‘ dovoni – tog‘da dam olish va piyoda yurishni yoqtiradiganlar uchun.

Qulay fasl: bahor–yoz.

🔟 Sayqal ko‘li va G‘ijduvon cho‘llari (Buxoro) – so‘lim va noan’anaviy kemping joyi.

Kam sayyoh boradigan, o‘ziga xos go‘shalar. Sayqal – sun’iy ko‘l, qumli plyajlar va sokinligi bilan mashhur. G‘ijduvon cho‘llarida chodirlar o‘rnatilib, cho‘l hayoti taklif etiladi. 

Qulay fasl: bahor va erta kuz.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish