O‘zbekistonda so‘z erkinligi muhokamasiga bag‘ishlangan sessiya tashkil etildi

Mamlakatimizda 17-26-oktyabr kunlari Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi bo‘lib o‘tmoqda.


Anjuman doirasida “O‘zbekistonda so‘z erkinligi va OAV, ijtimoiy tarmoqlarning keng rivojlanishi – demokratik qadriyatlarni kengaytirish yo‘lida” mavzusidagi xalqaro konferensiya tashkil etildi.


📌Konstitutsiyada ommaviy axborot vositalarining erkin faoliyat yuritishini taʼminlash bo‘yicha muhim qoida va tamoyillar mustahkamlangani qayd etildi. Sohaga oid qonunlarni birlashtiruvchi O‘zbekiston Respublikasi Axborot kodeksi loyihasi tayyorlangan. Kodeks loyihasi jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilib, hozirgi kunda uning to‘rtinchi tahriri ustida ish olib borilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish