Bugun Toshkentdagi “Renessans Hall” majmuasida Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi doirasida “Saylovlar demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va yangilangan Konstitutsiyani amalda tatbiq etishning yangi bosqichi sifatida” mavzusidagi muhokama o‘tkazilmoqda.
🗣 Tadbirda davlat organlari masʼullari, xalqaro ekspertlar, huquqshunoslar, siyosiy partiyalar va fuqarolik jamiyati vakillari O‘zbekistondagi demokratik islohotlarning yangi bosqichi doirasidagi saylovlarning ahamiyati va qonunchiligidagi yangiliklar haqida fikr almashishmoqda.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada inson huquq va erkinliklari borasidagi normalar 3 baravarga ko‘paytirilgani, inson qadri va shaʼni daxlsizligi mustahkamlangani taʼkidlandi. Ushbu o‘zgarishlar xalqaro huquq normalariga mos kelishi eʼtirof etildi.
💬 Mavzu yuzasidan muhokamalar hali ham davom etmoqda.
📌 Xalqaro hamkorlik haftaligi davomida 50 dan ortiq konferensiya va davra suhbatlari o‘tkazilib, ularda 300 dan ortiq xorijiy hamkorlar ishtirok etadi.
#Toshkent #HamkorlikHaftaligi #Konstitutsiya #RenessansHall