O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bo‘lib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi taklif natijasi o‘laroq, 2024 yilning 15-16 oktyabr kunlari Toshkent va Xiva shaharlarida "Islom – tinchlik va ezgulik dini" mavzusida nufuzli xalqaro konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Anjuman ishida Saudiya Arabistoni, Misr, Turkiya, Iordaniya, O‘mon, Rossiya, AQSH, Fransiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Hindiston va Pokiston kabi dunyoning 22 mamlakatidan 70 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, din arboblari, muftiylar va taniqli ulamolar ishtirok etishi kutilmoqda.