15-16-oktabr kunlari Toshkent va Xiva shaharlarida islom dinining tinchlik va bag‘rikenglik qadriyatlarini yoritishga bag‘ishlangan yirik xalqaro anjuman bo‘lib o‘tmoqda.
Konferensiya ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tabrigi yetkazildi. Tabrikni Prezident maslahatchisi Xayriddin Sultonov o‘qib eshittirdi.Tabrikda taʼkidlanganidek, yangi O‘zbekistonda buyuk ajdodlarimiz merosini o‘rganish va tinchlikni mustahkamlash muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Anjumanda 22 mamlakatdan nufuzli ishtirokchilar va 70 dan ortiq tashkilot rahbarlari, din arboblari, muftiylar va taniqli ulamolar ishtirok etmoqda.
Konferensiya bugun Xiva shahrida davom etadi. Unda xalqaro konferensiyasining yakuniy deklaratsiyasi qabul qilinadi.
#Islom #Tinchlik #Konferensiya