Toshkentda madaniy meros haftaligini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

18-27-oktabr kunlari O‘zbekiston poytaxti Toshkentda "Sharq Renessanslari fenomeni: saltanatlar, dinlar, shaxslar va tamaddunlar" nomli xalqaro madaniy meros haftaligi o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) matbuot xizmati xabar berdi.


Bu tadbir doirasida ilmiy konferensiyalar, ko‘rgazmalar va xalqaro muloqotlar bo‘lib o‘tadi. Madaniy meros haftaligining asosiy maqsadi O‘zbekistonning boy madaniy merosini ommalashtirish, xalqaro hamkorlikni kuchaytirish va yangi qo‘shma loyihalarni ishlab chiqishdan iboratdir.


Bu haftalik davomida Toshkent aholisi va mehmonlari uchun ham ko‘plab qiziqarli tadbirlar tashkil etiladi.


#MadaniyMeros #Toshkent #SharqRenessanslari

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish