“Yashil makon” umummilliy loyihasi videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

22.10.2024 14:00
52

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 21-oktabr kuni “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.


🌳📈 Yashil Makon loyihasi yig‘ilish natijalari


👤 Har yili 200 million tup daraxt va buta ekib, yashillik miqyosini 2030-yilgacha 30 foizga yetkazish maqsadi belgilangan. So‘nggi yillarda bu ko‘rsatkich 12 foizga yetdi. 


🌲Yil boshidan buyon 10 ming gektardan ziyod “yashil belbog‘”, vazirlik va hokimliklar 257 ta bog‘ barpo qildi.  


💧Orolbo‘yida yashil qoplama 2 million gektardan oshdi.


🏡 "Mening bog‘im" loyihasi doirasida 215 ta yangi bog‘ yaratilmoqda. 


❗️ Ayrim joylarda sustkashlikka yo‘l qo‘yilgani, sug‘orish tizimisiz joylarda ko‘chatlar ekilishi muammosi ko‘tarildi. 


Kelgusi yilga vazifalar: suvsizlikka chidamli o‘simliklar ekish, yurtimiz iqlimiga mos ko‘chatlar ko‘paytirish. 


#Mirziyoyev #YashilMakon

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish