10-fevral – Sirdaryo tumani tashkil etilgan kun.

Sirdaryo tumani. Viloyatning shimoliy-sharqiy qismida joylashgan. 1939-yil 10-fevralda tashkil etilgan. Maydoni 0,55 ming km.kv. Aholisi asosan, o‘zbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar, koreys va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Tumanda 2 shahar (Baxt, Sirdaryo), 9 qishloq fuqarolar yig‘ini bor. Markazi – Sirdaryo shahri.
 
Yer yuzasi past-baland tekisliklardan iborat. Iqlimi keskin kontinental. Tuman hududining shimoliy, shimoliy-sharq tomonidan Sirdaryo o‘tadi.

160 kichik va xususiy, qo‘shma korxonalar faoliyat ko‘rsatadi. Sanoat korxonalaridan Toshkent mashinasozlik zavodining filiali, qurilish tashkilotlari, 5 avtokorxona, maktab va sport jihozlari, sut, guruch, 2 paxta tozalash va non zavodlari, Yangiyo‘l poyabzal fabrikasining filiali, qandolatchilik kvas va limonad ishlab chiqarish korxonalari, Sirdaryo shahar bozori bor.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish