1603-yil qishda qozoq, jungʻor va oyratlarning birlashgan qoʻshini Xorazmga bosqin uyushtiradi. 1598-yilda Toshkent qozoqlar tomonidan bosib olinadi.
Umuman, 1600-yillarda jungʻor hukmdorlarining harbiy tajovuzi ortidan ularning Turkiston hududiga taʼsiri kuchayib borayotgandi.
Yoʻqotilgan mavqelarini qaytarib olishga urinib, Buxoro xoni Imomqulixon jungʻorlar, oyratlar va qozoqlarning birlashgan kuchlariga qarshi harbiy harakatlar boshlaydi.
Bosib olingan Toshkent urush nishoni deb eʼlon qilinadi.
1613-yilda Toshkent jangi natijasida Oyratlar qoʻshini toʻliq magʻlub boʻladi.
Buxoro qoʻshini Turkiston, Sayram chegaralaridan tortib Ashpara va Qoratogʻ chegaralarigacha dushmanni quvib boradi, oʻldiradi, asirga oladi.
Shu tariqa qattiq jazolangan va qirib tashlangan jungʻor va oyratlarning Turkistonga tajovuziga barham berildi.