1927-yil 22-yanvar – Samarqand Davlat Universiteti tashkil etilgan kun

1927-yil 22-yanvar kuni Samarqand shahrida O‘zbekistonning eng qadimiy va nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Samarqand Davlat Universiteti (SamDU) tashkil etildi.

Dastlab bu maskan O‘rta Osiyo Davlat Universitetining Samarqand filialidan shakllanib, keyinchalik mustaqil oliygoh sifatida faoliyat yurita boshlagan.Universitet ochilganda unda tabiiy fanlar, adabiyot va tarix yo‘nalishlari bo‘yicha dastlabki fakultetlar faoliyat yuritgan.1933-yildan boshlab to‘laqonli universitet sifatida tan olina boshlandi. 

Dastlab 3 bo‘lim (fizika-matematika, tabiiy-geografiya va ijtimoiy-iqtisodiy), 11 o‘qituvchi, 4 kafedra bilan ish boshlagan institutda ta’lim 4 yillik bo‘lgan. 1960-yildan O‘zDU Samarqand davlat universiteti (SamDU) deb atala boshladi.

Universitetda yuz minglab mutaxassislar tayyorlangan, ularning orasida mashhur olimlar, davlat va jamoat arboblari, yozuvchi va shoirlar bor. Hozirda SamDU tarkibida 10 dan ortiq fakultetlar, ilmiy-tadqiqot markazlari va laboratoriyalar faoliyat yuritmoqda. Universitet xalqaro hamkorlikni kengaytirib, dunyoning ko‘plab oliygohlari bilan ilmiy va ta’limiy aloqalar o‘rnatgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish