1️⃣ 1994-yil 12-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Jahon pochta ittifoqiga a’zo bo‘ldi.
O‘zbekiston Jahon pochta ittifoqi (JPI) a’zoligiga qabul qilinganidan keyin (bu ittifoq 1874-yilda tashkil topgan, 189 davlat a’zo, shtab kvartirasi Bern –Shvesariyada) xalqaro pochta ayirboshlashlarda qatnasha boshladi. 1997-yilda "Xalqaro tezkor pochta” aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi. 1998-yilda jahondagi 84 ta, 2003-yilda 94 ta davlat bilan pochta ayirboshlash (almashish) yo‘lga qo‘yildi.
2️⃣ FA muhbir a’zosi Saodat Sodiqovich Sodiqov (1910-1995) tavalludining 115 yilligi.
3️⃣ 1991-yil 12-fevral – Qrim Muxtor Respublikasi tashkil etilgan kun.
Qrim Muxtor Respublikasi – Rossiya tarkibidagi muxtor respublika. Qrim yarim orolida joylashgan. Maydoni 27 ming km.kv. Poytaxti – Simferopol shahri. Maʼmuriy jihatdan 14 tuman, 16 shahar, 56 shaharchaga va 950 qishloqqa boʻlinadi.
Qrim Muxtor Respublikasi 2014-yilgacha Ukraina tarkibida va boshqaruvi ostida boʻlgan. 2014-yil boshida Ukrainada boʻlib oʻtgan siyosiy oʻzgarishlardan keyin Qrim Muxtor Respublikasi Ukrainadan ajrab chiqib Rossiyaga qoʻshilish uchun referendum oʻtkazdi. Saylov Rasmiylariga koʻra, ovoz berganlarning 95,5 foizi Rossiyaga qoʻshilishni qoʻlladi.