30-iyun – Yoshlar kuni

Bugun – mustaqil fikrlaydigan, bilimli, vatanparvar, tashabbuskor va fidokor yoshlarni e’tirof etish, ularning jamiyatdagi o‘rnini yanada mustahkamlash uchun imkoniyatlar yaratish kunidir. Bugungi yoshlar – ertangi kun yetakchilari. Ularning har bir g‘oyasi, harakati, tashabbusi – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining bir qismi.

Yoshlar kuni mamlakatimizda yoshlarga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning amaliy ifodasi sifatida joriy etilgan.

Yoshlar jamiyatning eng faol va ijodkor qatlami hisoblanadi. Ular kelajak taraqqiyotining asosiy tayanchi, ilm-fan va texnologiyani rivojlantiruvchi kuch, sport, san’at va madaniyatda esa O‘zbekiston nomini dunyoga tanitayotgan avloddir. Bugungi kunda yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratilgan: ta’lim olish, kasb-hunar egallash, startap va biznes loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, xalqaro tajribalarni o‘rganish uchun keng yo‘llar ochilgan.

Har yili 30-iyun kuni yurtimizda turli tadbirlar tashkil qilinadi. Bu kunda yoshlar forumlari, uchrashuvlar, sport musobaqalari, madaniy dasturlar, innovatsion ko‘rgazmalar va startap taqdimotlari o‘tkaziladi. Shuningdek, yoshlar volontyorlik ishlarida, ekologik aksiyalarda faol ishtirok etadi. Bunday tadbirlar yoshlarning bilimini oshirish, ularni hamjihatlikka, vatanparvarlik va yangilikka intilish ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

Shu bois, Yoshlar kuni nafaqat bayram, balki yoshlarga bo‘lgan ishonch va e’tibor ifodasi, ularning kelajakdagi buyuk vazifalarini eslatib turuvchi sanadir. 30-iyun – yoshlarning imkoniyatlarini namoyon qiladigan, jamiyat e’tiborida bo‘ladigan alohida kun sifatida yodda qoladi.

Yoshlarimizni bugungi bayram bilan samimiy muborakbod etamiz! Sizlarning orzu va intilishlaringiz doimiy qo‘llab-quvvatlanadi. Kelajagimiz siz bilan yorqin!

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish