Amir Temur dunyoda tarixida juda katta nom qoldira olgan buyuk sarkarda, O‘rta asrlarning eng mashhur afsonaviy qo‘mondoni, ulkan imperiya asoschisi bo'lgan. Buyuk ajdodimiz haqidagi eng qiziqarli ma’lumotlarni keltirib o‘tamiz:
🔸Amir Temur o’zi o’tkazgan janglarning birontasida ham, mag’lub bo’lmagan.
🔸Forslar Amir Temurni oyog‘idagi nuqsoniga ishora bilan “Temurlang” deb atashgan. Shunday qilib G‘arbda ham u “Tamberleyn”, ya‘ni “Oqsoq Temur” nomi bilan tanilgan.
🔸Temuriylar imperiyasi, insoniyat tarixida maydoni bo’yicha 26-o’rinda turadigan imperiya sanaladi.
🔸U asos solgan davlat Markaziy Osiyo mintaqasida rasmiy nom olgan so’nggi imperiyadir.
🔸Amir Temur zabt etishga muvaffaq bo’lgan hududlar umumiy maydoni 4.6 million kilometr kvadratga tengdir.
🔸1402 – yil Anqara jangida qilgan g’alabasi tufayli Yevropa haloskori ta’rifiga sazovor bo’ladi.
🔸Ayni paytda Temurga tegishli mashhur rubin toshi Londonda, uning qilichi esa Tehron muzeyida saqlanadi.