Berkexon — Chingizxon nevarasi, Joʻjining toʻrtinchi oʻgʻli, Botuxonning ukasi.

U Oltin Oʻrda xonlari orasida birinchi boʻlib Islom dinini qabul qilib, uni davlat dini sifatida eʼlon qilgan buyuk hukmdor.


Berkexon Jaloliddin Manguberdining jiyani, uning onasi Jaloliddin Manguberdining opasi Xorazmshoh Muhammadning qizi edi. Chingizxon Xorazmshohlar davlatini zabt etganida, oʻgʻli Joʻjini Xon Sultonga uylantiradi. Joʻji va Xon Sultonning farzandi Berkexon, otasi vafotidan keyin onasi tomonidan musulmon bo'lib tarbiyalanadi.


Vaqt oʻtib, Berkexon Oltin Oʻrdaning buyuk hukmdoriga aylanadi va boshqa moʻgʻul turklari, jumladan, keyinchalik Oʻzbekxonning Islomni qabul qilishiga hamda Dashti Qipchoq oʻzbeklarining musulmon boʻlishiga ta’sir koʻrsatadi.


#Berkexon #Islom #Tarix

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish