1️⃣ 1921 yil 11 mart – Buxoro Respublikasi Xalq Komissarlar Soveti o‘zbek (turkiy) tilini mamlakat hududida davlat tili deb eʼlon qildi.
BXSR (Buxoro Xalq Sovet Respublikasi) — Buxoro Amirligida amir hokimiyati agʻdarilgach, 1920-yil 2-sentyabrda bolsheviklar andozasida tashkil etilgan Respublika. 1921-yil sentyabr oyida BXSR Konstitutsiyasi qabul qilinadi. BXSRda keng ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlar amalga oshirila boshlanadi. Lekin bu islohotlar mavjud ijtimoiy-siyosiy vaziyatdan kelib chiqib emas, balki Moskva bolsheviklari andozasi va koʻrsatmasi asosida koʻr-koʻrona amalga oshirilgani bois aksariyat hollarda teskari natijalarni berdi. BXSK 1924–1925-yillarda Turkistonda oʻtkazilgan maʼmuriy-hududiy davlat chegaralanishi munosabati bilan tugatilib, yangi tashkil etilgan Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tarkibiga kiritildi.
2️⃣ 2020 yilning 11 mart kuni Jahon Sog‘liqni Saqlash tashkiloti COVID-19 epidemiyasini pandemiya deb eʼlon qildi.
#Bugungi_kun_tarixda