Buxoro nomining kelib chiqish tarixi haqida:

Buxoro qadimda qanday nomlangani nomaʼlum. Biz shaharga oid maʼlumotlarni qo‘shni sivilizatsiyalarga taalluqli manbalardan bilishimiz mumkin. Xususan, shahar milodiy V asrda “Nyumi” nomi ostida, xitoy manbalarida uchraydi. Tan sulolasi solnomalarida esa, shahar nomi o‘zgarishga uchragan holda, «An (Ango), Ansi, Buxo (Buxe, Fuxe)» tarzida uchraydi. Vaqt o‘tishi bilan toponimda o‘zgarishlar kuzatiladi. 


Arab manbalarida shahar nomi “Bumiskat”, «Madinat us-sufriya» deb qayd etilgan. Shuningdek, shahar nomidagi “buxor” so‘zi «sanamlar turgan ibodatxona» maʼnosini anglatadi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, Buxoro nomi islom dini kirib kelishidan oldin, budparastlik zamoniga borib taqalishi ehtimoldan holi emas. 


Buxoro atamasi dastlab IV-V-asrlarda, Buxoroda zarb qilingan mis tangalarda uchraydi. 


#Tarix #Buxoro

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish