"Darvesh" so'zining ma'nosini bilasizmi?

"Darvesh" so'zi fors tilidan kelib chiqqan bo'lib, "kambag'al" yoki "qashshoq" deb tarjima qilinadi. Islom madaniyatida u umume'tirof etilgan turmush tarzini rad etuvchi, tasavvufga asoslangan ittifoq (tariqat) ​​a'zosi bo'lgan olam kezib yuruvchi zohidni anglatadi. 


🧙‍♂️Bu atamaning sinonimi "so'fiy" yoki "qalandar" bo'lib, oxirqisi so'zma-so'z sochli qo'pol odam degan ma'noni anglatadi. She’riy asarlarda “qalandar” atamasi “tasavvufchi”, diniy gʻazallar oʻqib, musulmon dinini targʻib qilib darbadar kezuvchi, tarkidunyo qilgan, goʻshanishinlikka berilgan ma’nosida uchraydi.


Darveshlar safiga qo‘shilishning asosiy sharti mulkning yo‘qligi bo'lgan. Ularning hatto o‘z poyabzali, o'z kiyimi ham yo‘q edi. Darveshlar yerdagi barcha ne'matlardan voz kechib, o'z fikrlarini faqat Xudoga xizmat qilishga qaratganlar.


📌Hozirgi kunda ham Pokiston, Hindiston, Indoneziya, Eron hamda Afrikaning ayrim mamlakatlarida darveshlik suluklari ta’siri mavjuddir.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish