Hindistonning shimoliy qismida, bir necha asrlar oldin Amir Temurning nevarasi Zahiriddin Bobur tomonidan Buyuk Mo‘g‘ullar davlati tashkil etilgan hududda Rampur shahri bor. U Boburiylar poytaxti Agraga yaqinligi va ulkan madaniy merosi sababli "Hind Buxorosi" deb ataladi. Aynan shu yerda, Buyuk Mo‘g‘ullar imperiyasi hududida, dunyodagi eng boy bilimlar va artefaktlar xazinasidan biri joylashgan.
Raza kutubxonasi, yoki boshqa nom bilan tanilgan "Kitobiy Tojmahal", Rampur shahrida (Uttar-Pradesh, Hindiston) joylashgan bo‘lib, u sanskrit, arab, fors, turk, pushtu, urdu, hindiy va boshqa tillardagi minglab qimmatli qo‘lyozmalarni saqlaydigan xazinadir.
U ko'plab Qurʼon nusxalari, miniatyuralar va islom kalligrafiyasi namunalarini o‘z ichiga olgan ulkan kolleksiyaga ega. Shuningdek, unda nodir bosma va davriy nashrlar, tangalar, arxeologik artefaktlar, jumladan, kushon terrakotasi va boshqa sanʼat asarlari jamlangan.