Madaniy meros hataligi doirasida Qurʼon kuni

19 oktyabr kuni O‘zbekistondagi xalqaro madaniy meros haftaligi "Sharq Renessanslari fenomeni: davlatlar, dinlar, shaxslar va tamaddunlar" doirasida O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati majlislar zalida "Islom — tinchlik va ezgulik dini" mavzusida xalqaro ilmiy-madaniy simpozium hamda "O‘zbekiston o‘rta asr Qurʼonlari" va "Imom Buxoriy innovatsion muzeyi" loyihalarining taqdimoti bo‘lib o‘tmoqda.


🕊"Islom — tinchlik va ezgulik dini" simpoziumi davomida O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan islomiy merosni o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, "O‘zbekistonda Islom sivilizatsiyasi markazi" mega-loyihasi muhokama qilinadi.


Simpoziumdan so‘ng taqdimot qismi boshlanadi, unda Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyining "Qurʼonlar zali" va Imom Buxoriy innovatsion muzeyi ko‘rgazmalarini boyitishga qaratilgan g‘oyalar taqdim etilаdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish