Movarounnahr so'zining kelib chiqishi va ma'nosi

Arablar Oʻrta Osiyoni bosib olgandan keyin Amudaryodan shimolga qarab choʻzilgan Oʻrta Osiyo yerlarini Movarounnahr deb atagan. Movarounnahr — arabcha soʻz boʻlib, lugʻaviy maʼnosi “daryoning narigi tomoni” degan maʼnoni anglatadi. 


Uning xuddi shu maʼnoni anglatgan fors tilidagi "Varorud" va "Varojayxun" shakllari ham mavjud boʻlib, ularning barchasi avval Xuroson viloyatining davomi sifatida, XI-asr boshidan eʼtiboran esa Turkiston, yaʼni Qoraxoniylar davlati va undan keyingi turkiy davlatlar tarkibidagi maʼmuriy birlik sifatida tushunilgan. 


📌 XI-asrda Yevropa tarixshunosligida mazkur arab atamasining lotincha tarjimasi boʻlmish yangi "Transoksiana" yoki "Transoksaniya" atamalari muomalaga kiritilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish