Baʼzida biz “muttaham” so‘zini ablah va yaramas odamlarga qo‘llaymiz, lekin bu so‘zning asl maʼnosi "tuhmatga uchragan", "ayblov ostida" degani.
Shuningdek, “iflos” so‘zi ham ikki maʼnoni anglatadi: narsa-buyumning kirligi va insonlarning nomaqbul odatlari. Biroq, bu arabcha so‘z aslan “kambag‘allik”, “qashshoqlik” maʼnosida ishlatiladi.