OLTIN O‘RDANING RASMIY TILI O‘ZBEKCHA BO‘LGAN(MI?)

Oltin O‘rda davlati hukmdori Ulug‘ Muhammadxon (1405-1445) turk sultoni Murod II ga (1421-1444) yuborgan maktubini olaylik. Maktubda Ulug‘ Muhammadxon usmoniylar bilan eski do‘stona aloqalarni yo‘lga qo‘yish istaligini bildiradi. 

Maktub maymun yilida, hijriy 831 yil jumodul-avval oyining 27-kuni, 1428 yil 14 martda bitilgan. Ushbu maktub ayni paytda To‘pqopi saroyi arxivida saqlanadi.

Albatta, matnda tilga olingan voqealar, xonlar o‘rtasidagi munosabatlar - bu alohida masala. Ammo, eʼtiborli tomoni, bu til aynan sizu bizning ona tilimizda, eski o‘zbek tilida bitilgan, deyishimiz uchun barcha asoslar yetarli.|

Avvalo Oltin O‘rda aholisi O‘zbekxon (1313-1342) zamonidan boshlab, o‘zbeklar deb atala boshlagan edi. Bu haqda Mirzo Ulug‘bekning “To‘rt ulus tarixi” asarida ham eslatib o‘tilgan. Ikkinchidan, yuqoridagi matndan ham ko‘rish mumkinki, uning uslubi Alisher Navoiy, Bobur Mirzo, Abulg‘ozi Bahodirxon foydalangan turkiy til bilan deyarli bir xil, hozirgi tatar, qozoq yoki turk tillariga emas, aynan o‘zbek tiliga ko‘proq yaqin keladi.

Manba: Rustam Iqbol maqolasi 

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish