Oʻzbekiston va Paragvay munosabatlari yangi bosqichga koʻtarildi

11.12.2025 20:13
1150

Koʻksaroy qarorgohida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Paragvay Prezidenti Santyago Penya rasmiy muzokara oʻtkazdi. Uchrashuvda har ikki davlat delegatsiyalari ishtirok etdi.

Muloqot chogʻida Oʻzbekiston va Paragvay oʻrtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Prezident Mirziyoyev Paragvay rahbarini samimiy qutlab, bu tashrif ikki mamlakat munosabatlarida tarixiy ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.

Muzokarada savdo-iqtisodiyot, madaniyat, taʼlim va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat va kimyo sanoati, raqamlashtirish, turizm va sport sohalarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratdi.

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar siyosiy muloqotni mustahkamlash va oʻzaro manfaatli sohalarda amaliy hamkorlikni chuqurlashtirishga tayyor ekanini bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish