«Raqs tug‘ilishi»

Toshkent. 1982 yil.


O‘zbek davlat raqs ansambli — «Bahor», orqa fonda esa yo‘qolgan «Raqs tug‘ilishi» freskasining fragmenti.


Freskaning markazida — SSSR xalq artistkasi, «Bahor» ansamblining asoschisi Mukarram Turg‘unboeva tasvirlangan.


Ushbu freska Lenin maydonida joylashgan «Bahor» konsert zali foyesida joylashgan bo‘lib, 2000‑yillarda binoda olib borilgan rekonstruktsiya paytida yo‘q qilingan.


Asar muallifi — rassom Bahodir Fazliddinovich Jalolov bo‘lib, u 1981 yili mazkur ishi uchun SSSR Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.


Surat muallifi noma’lum.

#Tashkent_Retrospective

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish