Xitoyning Xarbin shahridagi (Xeylunszyan provinsiyasi) "Muz va qorning katta olami" tematik parkida 26-qishki muz va qor festivali ochildi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
Shaharcha to‘qqizta asosiy zonaga bo‘lingan bo‘lib, ularda Osiyo Olimpiya Kengashiga aʼzo 42 ta mamlakat va 3 ta hududning diqqatga sazovor joylari maketlari yaratilgan. Uning dizayni va qurilishida 2025 yil 7 fevral kuni Xarbinda boshlanadigan qishki Osiyo o‘yinlari elementlaridan foydalanilgan.
Anʼanaviy festivalning asosiy diqqatga sazovor joylaridan biri Samarqanddagi Registon maydonining muzdan ishlangan maketidir. Maydoni million kvadrat metr bo‘lgan shaharchani qurish uchun 300 ming kub metr muz va qor sarflangan.
2024-yilda muz shahriga 3 millionga yaqin odam tashrif buyurgan.