Samarqand — O‘zbekistonning eng mashhur va qadimiy shaharlaridan biri. Bu shaharning tarixi 2750 yilga teng bo‘lib, u ko‘plab tarixiy manbalarda uchraydi. Shaharning nomi haqida bir nechta qiziqarli taxminlar mavjud.
Afsonalardan biriga ko‘ra, Samar ismli shaxsga yer meros sifatida qolgan va u o‘sha yerda o‘z ismi bilan atalgan qishloq (kent) qurgan. Boshqa bir maʼlumotlarga ko‘ra esa, shaharni Samar degan podshoh qurgan bo‘lib, “kand” esa shu yerda yashagan turkiy qabila nomidan kelib chiqqan.
Mashhur turkiy lug‘at muallifi Mahmud Qoshg‘ariyning yozishicha, “Semizkent” «boy, sermahsul shahar» maʼnosini anglatadi. Yunon va rim manbalarda esa Samarqand “Marokanda” deb atalgan. Arablar esa uni Samaroy deb ataganlar. Italiyalik sayyoh va adib Marko Poloning kitobida shahar Samarqan, Sarmakan va Sanmarkan shakllarida tilga olinadi. Forschada Samarqand deyilgan.
#Samarqand #TarixiyShahar #Madaniyat #MarkaziyOsiyo #MadaniyMeros