Sankt-Peterburgda “Oʻzbekistonning Leningradni ozod qilishga qoʻshgan hissasi” fotokoʻrgazmasi ochildi

Sankt-Peterburgda «O‘zbekistonning Leningradni ozod qilishga qo‘shgan hissasi» fotoko‘rgazmasi ochildi. Ko‘rgazmada o‘zbekistonliklarning urush davridagi jasoratlari va Leningrad blokadasi vaqtida ko‘rsatgan yordamlari aks ettirilgan.


Tadbir Leningrad mudofaasi va blokadasi muzeyi tomonidan O‘zbekiston va Sankt-Peterburg do‘stligi kuniga bag‘ishlandi.


1,5 milliondan ortiq o‘zbekistonliklar Ikkinchi jahon urushida qatnashgan va 5000 leningradlik bola O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan.


📆Ko'rgazma 18-oktabrga qadar davom etadi 


#SanktPeterburg #LeningradBlokadasi #Foto

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish