"CAEx Uzbekistan" ko‘rgazmalar markazida bo'lib o'tgan WCCE 2024 – IV Butunjahon kreativ iqtisodiyot konferensiyasi doirasida ʻʻTamerlanoʼʼ operasining ilk namoyishi boʻlib oʻtdi.
Mazkur tadbir Oʻzbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan tashkillashtirildi. Georg Fridrix Gendelning asari asosida yaratilgan opera, rejissyor Stefano Podaning talqinida, kompozitor Kirill Rixterning zamonaviy aranjirovkasi hamda o‘zbek milliy cholg‘u asboblari ishtirokida yangicha ijro etildi.
Qisqacha ma'lumot: Gendelning eng sara asari bo'lmish “Tamerlano” bastakor tomonidan 1724-yilning iyul oyida 20 kun ichida yozilgan. 2024-yilda afsonaviy opera 300 yoshga to‘ladi.