Tashkent City Mall’da jadidlarlarga bag'ishlangan yangi multimedia koʻrgazma davom etmoqda

 “Jadidlar. Turkistonga maktublar” ko'rgazmasidan maqsad keng jamoatchilik diqqat-e'tiborini Markaziy Osiyo tarixining muhim bobiga qaratishdan iborat.


Ko‘rgazmada jadidlar navqiron avlodining ong-shuurlari yo‘g‘rilgan g‘oyalari va sa’y-harakatlari zamonaviy o‘zbek jamiyatining shakllanishiga qanday xizmat qilganini ko‘rsatib beruvchi noyob tarixiy hujjat, buyum va ashyolar taqdim etilgan. 


“Yangi multimedia ko‘rgazma loyihasi jadidlar haqidagi ma’lumotlarni zamonaviy texnologiyalar orqali yoshlar uchun yangi, tushunarli va qulay shaklda qabul qilishga yordam beradi. Biz tarixni barcha avlod vakillari uchun ochiq va qiziqarli bo‘lishiga intilamiz toki tashrif buyuruvchilar jadidchilikning ahamiyati va uning zamonaviy dunyoga ta’siri haqidagi tasavvurlari boyisin” — deydi Gayane Umerova, Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi raisi.


📆 Ko'rgazma 31-oktabrgacha davom etadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish