Toshkentda Qatar madaniyati, hunarmandchiligi va milliy taomlari haftaligi bo'lib o'tmoqda

Haftalik doirasida “Tashkent City Park” majmuasida Qatarning rang-barang madaniy landshafti, jumladan, san’ati, nomoddiy madaniy merosi namoyishi, milliy musiqa asboblari, miniatyura va badiiy, dekorativ hamda amaliy san’ati yo‘nalishi, shuningdek, gastronomik ko‘rgazmalar tashkil etildi. 


Shuningdek, O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov va Qatar madaniyat vaziri Shayx Abdulrahmon bin Hamad Al-Tani o‘rtasida uchrashuv tashkil etilib, hamkorlikning kelgusidagi yangi istiqbollari belgilab olindi.  


2024-yilning 20-26-fevral kunlarida Qatarning Doha shahrida “O‘zbekiston madaniyati, turizmi va hunarmandchiligi” kunlari katta muvaffaqiyat bilan o‘tkazilgan edi.


#Qatar #madaniyat

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish