Turon: Qadimgi Geografik Atama

Turon — tarixiy-geografik atama bo‘lib, turli davrlarda va manbalarda turlicha maʼnolarni anglatgan. Baʼzilar bu atamani Movarounnahr, Turkiston va Markaziy Osiyo hududlari bilan bog‘lashadi. 


O‘rta asrlar manbalarida (Tabariy, Beruniy, Firdavsiy) Turon va Eron chegarasi Amudaryo orqali ajratiladi. Turon nomi dastlab chorvador qabilalar yashagan Markaziy Osiyo dashtlari bilan bog‘liq bo‘lgan. Ayrim manbalarga ko‘ra, bu hudud „sakmassagetlar“ning dastlabki vatani bo‘lgan. 


Shuningdek, bu tushuncha keyinchalik Turkiston deb atalgan kengroq hududlarga nisbatan ham ishlatilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashing
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring Kirish